AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Isroil matbuotining AQSh Eronga qarshi hujumlarni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi da’volarini “mutlaqo asossiz taxmin” deb rad etdi.
CENTCOM vakili Isroil matbuotida AQShning Eronga hujumlarni davom ettirishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Anadolu agentligi muxbiriga izoh berdi.
Mazkur da’volarni “mutlaqo asossiz taxmin” deb rad etgan vakil AQShning Yaqin Sharqdagi kuchlari joylashuvi va shaylik holatida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini ta’kidladi.
Isroil davlat telekanalining Eron haqidagi da’vosi
Isroil davlat telekanali KAN AQSh Isroilga Eronga qarshi yangi hujumlarga tayyor turish haqida xabar yuborganini da’vo qilgan edi.
Xabarda “yangi urushga tayyor turish zarurligi” haqidagi ogohlantirish Isroil bilan bir qatorda Ko‘rfaz mamlakatlariga ham yetkazilgani ilgari surildi.
Shuningdek, bu xabarlar AQSh Prezidenti Donald Trumpning Eronga qarshi hujumlarni qayta boshlashga hojat yo‘qligi haqidagi so‘nggi bayonotlariga zid ekani qayd etildi.


























