Eron Prezidenti Masud Pezeshkian Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.
Pezeshkian bu haqda Yangi Dehlida oʻtgan BRICS sammiti doirasida Abu-Dabi taxt vorisi Xaled bin Muhammad bin Zayd Al Nohyan bilan uchrashuvdan soʻng maʼlum qildi. Uchrashuvda tomonlar oʻtmishni ortda qoldirib, kelajakka nazar tashlashga kelishib olganlari va mintaqaviy taranglikni kamaytirish choralarini muhokama qilganlari bildirildi.
Mazkur muzokaralar fevral oyida AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalari ortidan boshlangan va mamlakatning harbiy hamda iqtisodiy infratuzilmalarini qamrab olgan davomli harbiy tanglik davriga toʻgʻri keldi.



















