SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Pashinyan: Rossiya harbiy bazasi hayotiy ahamiyatga ega emas
Nikol Pashinyan 1 - sentabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini baholadi.
Pashinyan: Rossiya harbiy bazasi hayotiy ahamiyatga ega emas
_

Pashinyan: Rossiya Armanistondagi harbiy bazasini olib chiqmoqchi bo‘lsa, bunga qarshi emasmiz

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatida Rossiya harbiy bazasining mavjudligi hayotiy ahamiyatga ega emasligini ta’kidlab, “Agar Rossiya harbiy bazasini Armanistondan olib chiqishga qaror qilsa, bunga qarshi emasmiz”, - dedi.

Nikol Pashinyan 1 - sentabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan o‘tkazgan uchrashuvini baholadi.

Uchrashuv ijobiy o‘tganini bildirgan Pashinyan yaqin orada Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurishga kelishib olganliklarini ma’lum qildi.

Pashinyan Putin bilan Rossiya tomonidan boshqariladigan Armaniston temir yo‘llari masalasini ham muhokama qilganini ifoda etib, “Bu masalani hal qilishimiz kerak degan fikrga keldik. Hozirgi holat uzoq vaqt davom etishi mumkin emas”, - dedi.

Pashinyan Armanistondagi Rossiya harbiy bazasi haqida esa shunday dedi:

“Bu masala uchrashuvda ko‘tarilmadi. Armanistonda Rossiya harbiy bazasining mavjudligi hayotiy ahamiyatga ega emas. Agar Rossiya harbiy bazasini Armanistondan olib chiqmoqchi bo‘lsa, biz bunga qarshi emasmiz. Ammo ular qolishni istashlarini bildirsalar, bu masalani ham muhokama qilishga tayyormiz”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin esa Armanistonning Gyumri shahridagi Rossiya harbiy bazasi haqida avvalroq: “Agar Armaniston bu infratuzilmaga ehtiyoji yo‘q degan qarorga kelsa; unda biz chiqib ketamiz va hatto ertaroq” - degan edi.