Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova Buyuk Britaniyani Rossiya - Ukraina urushidagi pozitsiyasidan chekinishga chaqirib, aks holda bu holat mojaroning mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilish xavfini tug‘dirishini bildirdi.
Mariya Zaxarova Moskvada uyushtirilgan matbuot anjumanida Buyuk Britaniya bilan Fransiya Ukrainaga yuqori aniqlikdagi raketa texnologiyalarini yetkazib berish orqali «olov bilan o‘ynayotganini» - qayd etdi.
Buyuk Britaniya dushanba kuni Rossiya hududining ichkarisidagi nishonlarga zarba berish qobiliyatiga ega Storm Shadow uzoq masofali qanotli raketalarini o‘z hududida ishlab chiqarishni boshlashi uchun Kiyevga maxfiy texnologiyalardan foydalanish imkonini berishini ma’lum qilgan edi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa «Ukraina bilan yelkama - yelka turishi» va «Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning noqonuniy bosqiniga qarshi» Ukraina o‘zini himoya qilishi uchun zarur bo‘lgan jihozlarni yetkazib berishga qat’iy bel bog‘laganini bildirgan edi.

















