Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan Qatar Tashqi Ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon al - Soniy Tehronda uchrashib, mintaqadagi voqealarni muhokama qildi.
Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi xabariga ko‘ra poytaxt Tehronga tashrif buyurgan Qatar Tashqi Ishlar vaziri al - Soniy vazirlik binosida Tashqi Ishlar vaziri Aroqchi tomonidan kutib olindi.
Kutib olish marosimidan so‘ng Aroqchi bilan al - Soniy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi ammo hozircha muzokaralar mazmuni haqida ma’lumot berilmadi.
Qatar Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Majid al - Ansoriy Qatar Tashqi Ishlar vaziri al - Soniy 27 - avgust kuni Tehronga tashrif buyurib, mintaqadagi keskinlikni yumshatish hamda AQSh bilan Eron o‘rtasida muloqot olib borish uchun qulay shart - sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qilishini ma’lum qilgan edi.
Eron Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismoil Bag‘oiy ham tashrif Eron bilan Qatar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan maslahatlashuvlar doirasida amalga oshirilishini bildirgan edi.
Pokiston bilan Ummon rasmiylari ham Eronga tashrif buyurgan edi
AQSh bilan Eron o‘rtasida 17 - iyun kuni imzolangan ammo amalga oshirilmay qolgan kelishuvda o‘rtamchilik qilgan Pokiston Bosh shtabi boshlig‘i, marshal Asim Munir 24 - avgust kuni Tehronga tashrif buyurib, Prezident Mesud Pezeshkiyon, Majlis (parlament) raisi Muhammad Boqir Qolibof hamda Oliy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy bilan uchrashgan edi.
Eron bilan Pokiston tomonidan muzokaralar samarali o‘tgani haqida bayonotlar berilgan edi.
AQSh bilan Eron o‘rtasida 28 - fevraldan beri davom etayotgan urushdan oldingi muzokaralarda o‘rtamchilik qilgan hamda Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida muzokaralar olib borayotgan Ummon Tashqi Ishlar vaziri Badr bin Hamed al - Busaydiy ham 25 - avgust kuni Tehronga tashrif buyurib, o‘z hamkasbi Abbos Aroqchi bilan uchrashgan edi.

















