Oq uy Matbuot xizmati kotibi Karolin Leavitt Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) bilan Eron o‘rtasida hozirda hech qanday muzokara olib borilmayotganini ma’lum qildi.
Leavitt payshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida: “Hozir hech qanday muzokara olib borilmayapti va prezident, Eron jiddiy ravishda muzokara stoliga kelishiga ishonch xosil qilgunga qadar bu holat davom etadi. Hozircha esa bunday vaziyat yo‘q”, dedi.
Uning ta’kidlashicha, buning o‘rniga AQSh Oq uy “Iqtisodiy yakkalash amaliyoti” deb atayotgan tashabbus orqali Eronga iqtisodiy bosimni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda. Leavitt Prezident Donald Tramp “barcha variantlarni stol ustida saqlashda davom etayotganini” bildirdi.
Leavitt: “Harbiy kuchlarini yo‘q qilish uchun ‘Epic Fury’ amaliyotlarlarini amalga oshirdik. Endi esa iqtisodiyotini yo‘q qilish uchun ‘Iqtisodiy yakkalash amaliyotlari’ni olib boryapmiz” - dedi.
“Umuman olganda, AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilmoqda. Bo‘g‘oz Prezident Tramp va AQSh harbiylari tufayli ochiq holda qolmoqda”.
AQSh bilan Eron Pokiston hamda Qatar vositachiligidan so‘ng iyun oyida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan, biroq Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasidagi kelishmovchiliklar sababli uning amalga oshirilishi to‘xtab qolgan.
AQSh o‘tgan oy Eronga qarshi harbiy hujumlarini qayta boshlaganida, Tehron ham Vashingtonning ittifoqchisi bo‘lgan arab mamlakatlaridagi AQSh harbiy obyektlariga zarba berib, javob qaytargan.


















