SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Rossiya, Xitoy va AQSh liderlari Shenchjenda uchrashadi
Putin, Si Szinpin va Donald Tramp o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Rossiya, Xitoy va AQSh liderlari Shenchjenda uchrashadi
_

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezidenti Donald Tramp 19 - noyabr kuni uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi.

Peskov Rossiyaning TASS axborot agentligiga bergan bayonotida, ushbu masala yuzasidan ma’lumot berdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Guandun provinsiyasining Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo - Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) Liderlar sammitida ishtirok etishini bildirgan Peskov mavzu haqida:

«19 - noyabr kuni Putin, Si Szinpin va Donald Tramp o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv APEC sammiti doirasida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadi», - dedi.

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Olivia Uels shanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Filippin va Xitoyga safar qilishini ma’lum qilgan edi. Uning bildirishicha, tashrifning ikkinchi bosqichida Tramp, Xitoy Raisi Si Szinpin va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.