Turkiya Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxanettin Duran Falastin Davlati tashkil topishining 38 - yilligi munosabati bilan NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot e’lon qildi.
U o‘z so‘zida: «1988 - yilning 15 - noyabrida Falastin Davlatining tashkil topishi Falastin xalqining ozodlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash irodasining tarixiy ifodasi bo‘ldi», — deya ta’kidladi.
Turkiya ham ayni kuni Falastinni tan olib, uning haqli kurashini qo‘llab - quvvatlaganini yodga solgan Duran quyidagilarni qayd etdi.
«Oradan 38 yil o‘tganiga qaramay G‘azoda yuz berayotgan genotsid va og‘ir insoniy fojialar Falastin xalqining mustaqil davlatda tinchlik va xavfsizlik ichida yashash huquqini ro‘yobga chiqarish uchun mas’uliyatimizning bundan buyon keyingiga qoldirib bo‘lmaydigan vazifaga aylanganidan dalolat bermoqda.
Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida Turkiya 1967 - yilgi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan, hududiy yaxlitlikka ega mustaqil Falastin davlatini barpo etish hamda mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlash yo‘lida Falastin xalqini qo‘llab - quvvatlashda davom etadi».
Falastin Davlati tashkil topganining 38 - yilligini tabriklagan Duran, «Falastinlik birodarlarimiz ozodlik va osoyishtalikka to‘la kelajakka erishishlarini tilayman», — deya qo‘shimcha qildi.























