G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Afg‘oniston G‘azoga 500 tonnadan ortiq yordam yubordi
Falastinliklar va xalqaro yordam tashkilotlari hududga yetkazib berilgan yordam yetarli emasligini ta’kidlab, gumanitar vaziyatni «falokatli» deb baholamoqda.
Afg‘oniston G‘azoga 500 tonnadan ortiq yordam yubordi
_
5 соат олдин

Kobul Axborot vazirligi, Afg‘oniston, Rafoh chegara darvozasi orqali G‘azoga 530 tonna insonparvarlik yordami yuborganini ma’lum qildi.

Vazirlikning chorshanba kungi bayonotiga ko‘ra Misrdagi Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi tomonidan tayyorlangan va sotib olingan yordam 22 000 oilaga tarqatiladi.

Oziq - ovqat, kiyim - kechak va boshqa zarur vositalarni o‘z ichiga olgan yordamning taxminiy qiymati qariyb 500 ming dollarni tashkil etadi.

Kobul, shuningdek, Falastin masalasidagi qat’iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab; muammo tarixiy haqiqatlar va Falastin xalqining qonuniy huquqlariga muvofiq hal etilishi kerakligini ta’kidladi.

Falastin Sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan beri davom etayotgan urushi natijasida asosan ayollar va bolalardan iborat kamida 72 ming 336 kishi halok bo‘ldi, 172 ming 213 kishi esa tan jarohat oldi.

G‘azo hukumati Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan yilning oktabr oyida kuchga kirgan otashkesimga qaramay Isroil kuchlari bombardimon, o‘q uzish va bosqin orqali kelishuvni buzishda davom etmoqda.

G‘azo media idorasi, shuningdek, otashkesim e’lon qilinganidan beri kamida 757 kishi halok bo‘lgani va 2 ming 111 kishi yaralanganini bildirdi.

Bu qoidabuzarliklar Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan yanvar oyi o‘rtalarida kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlangani e’lon qilinishi va Isroilni otashkesimga rioya qilish hamda oziq - ovqat, tibbiy vositalar va boshpana materiallari kabi kelishilgan insonparvarlik yordam ashyolari kirishiga ruxsat berishga chaqirganiga qaramay davom etmoqda.

Falastinliklar va xalqaro yordam tashkilotlari hududga yetkazib berilgan yordam yetarli emasligini ta’kidlab, gumanitar vaziyatni «falokatli» deb baholamoqda. Eng yomoni, sog‘liqni saqlash tizimi qulash arafasida ekani aytilmoqda.