DUNYO
2 daqiqa o'qish
Makron urushni tugatish Tramp va Pezeshkiyanga murojaat qilgani haqida gapirdi
Emmanuel Makron urushni tugatish uchun AQSh Prezidenti Donald Tramp va eronlik hamkasbi Mesud Pezeshkiyanga murojaat qilgani haqida gapirdi.
Makron urushni tugatish Tramp va Pezeshkiyanga murojaat qilgani haqida gapirdi
_
4 соат олдин

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Eron urushini tugatishga qaratilgan muzokaralarni qayta boshlash uchun AQSh Prezidenti Donald Tramp va eronlik hamkasbi Mesud Pezeshkiyanga murojaat qilgani haqida gapirdi.

Makron seshanba kuni (14.04.2026) X platformasida yozishicha, dushanba kuni (13.04.2026) har ikki yetakchi bilan suhbatlashgach, “Islomobodda to‘xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashni, tushunmovchiliklarni bartaraf etishni va yanada keskinlashuvning oldini olishni so‘radim” - dedi.

Makron shuningdek, “ayniqsa barcha tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy rioya qilishi va bu Livanni ham o‘z ichiga olishi muhim” - degan ifodalarga ovrin berdi.

U yana mojaro boshlanganidan beri qatnov to‘xtab qolgan muhim neft va gaz dengiz yo‘liga ishora qilib, Hormuz bo‘g‘ozining imkon qadar tezroq, hech qanday shartlarsiz, cheklov va to‘lovlarsiz qayta ochilishi ham xuddi shunday muhim ekanini o‘z so‘ziga ilova qildi.

Makron idorasi seshanba kuni (14.04.2026) ma’lum qilishicha, Fransiya bilan Buyuk Britaniya juma kuni bo‘g‘oz xavfsizligini ta’minlash uchun to‘liq mudofaa maqsadidagi missiyaga hissa qo‘shishga tayyor davlatlar bilan videokonferensiya o‘tkazadi.

Tramp esa dushanbadan boshlab bo‘g‘oz bo‘ylab Eron portlari blokadaga olinishini ma’lum qilgan edi.

Bu qaror vitse - prezident JD Vance boshchiligidagi delegatsiya Pokistonda eronlik rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazib, urushni tugatishga oid kelishuvga erisha olmay qaytishi ortidan qabul qilindi. Urush 28 - fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari bilan boshlangan edi.