Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keyr Starmer dushanba kuni (13.04.2026) bergan bayonotida, qanday bosim bo‘lishidan qat’i nazar, Britaniya Eron bilan urushga tortilmasligi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasiga qo‘shilmasligini ifod aetdi.
BBC Radio 5 Live - ga bergan intervyusida Starmer: “Biz blokadani qo‘llab -quvvatlamaymiz” - dedi va bo‘g‘ozning qayta ochilishi hayotiy ahamiyatga ega ekanini o‘z so‘ziga qo‘shimcha qildi.
Starmer mavzu haqida shuningdek: “Mening fikrimcha, bo‘g‘ozning ochilishi va to‘liq ochiq holda saqlanishi nihoyatda muhim. So‘nggi bir necha kun ichida barcha sa’y -harakatlarimizni aynan shunga qaratdik va davom ettiramiz” - dedi. Bosh vazir Britaniyaning mintaqada mina tozalovchi kemalari borligini aytib, operativ tafsilotlarga to‘xtalmadi, biroq harbiy salohiyat “bo‘g‘ozni to‘liq ishlash holatida saqlashga qaratilganini” ta’kidladi.
AQSh va Trampning harakatlari
AQSh armiyasi dam olish kunlari o‘tkazilgan muzokaralarda Eron bilan urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilmagach, dushanba kuni (13.04.2026) Eron portlari va qirg‘oq hududlariga kirib - chiqayotgan barcha dengiz qatnoviga nisbatan blokada boshlashini e’lon qildi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bayonotida aytilishicha, blokada dushanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:00 (1400 GMT) da boshlanadi. U Fors va Ummon ko‘rfazidagi barcha Eron portlarini o‘z ichiga oladi hamda Eron portlariga kirayotgan yoki u yerdan chiqayotgan barcha davlatlarga tegishli kemalarga “betaraf tarzda” qo‘llaniladi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan foydalanayotgan biroq Eron portlariga kirmaydigan kemalar to‘sib qo‘yilmaydi.
Prezident Donald Tramp esa yakshanba kuni bergan bayonotida, AQSh kuchlari xalqaro suvlarda Eronga o‘tish uchun to‘lov qilgan har qanday kemani to‘xtatishini bildirdi. Tramp ijtimoiy tarmoqdagi postida keskin ohangda shunday yozdi: “Noqonuniy o‘tish to‘lovi to‘lagan hech kim ochiq dengizlarda xavfsiz o‘tish huquqiga ega bo‘la olmaydi. Bizga yoki tinch kemalarga o‘q uzgan har qanday eronlik DO‘ZAXGA YUBORILADI!”











