DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil prezidenti Netanyaxuning afv talabini keyingiga qoldirdi
Isroil prezidenti, Donald Tramp bosimiga qaramay Netanyaxuning afv talabini keyingiga qoldirdi.
Isroil prezidenti Netanyaxuning afv talabini keyingiga qoldirdi
_

Isroil Prezidenti Isaak Gertsog yakshanba kuni (26.04.2026) bergan bayonotida, Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning uzoq vaqtdan beri davom etayotgan korrupsiya ishidagi afv talabini faqat yarashuvga erishish urinishlari tugashi ortidan ko‘rib chiqilishini bildirdi. Bu bayonot yaqin orada qaror chiqmasligiga ishora qiladi.

Netanyaxuga qarshi qariyb 10 yil avval boshlangan tergovlar bilan bog‘liq huquqiy muammolar isroilliklarni bo‘lib yubordi va ayblov xulosasi tayyorlangan 2019 – 2022 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan besh saylov davomida mamlakat siyosatini larzaga soldi.

Isroilda navbatdagi saylov 2026 - yilning oktabr oyi oxirigacha o‘tkazilishi kerak.

Netanyaxu pora olish, firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qilish ayblovlarini rad etmoqda.

Prezident Gertsog yakshanba kuni (26.04.2026) Netanyaxuga oid ishda eng yaxshi yechim kelishuvga erishish ekanini ifoda etdi.

Gertsog o‘z bayonotida shunday dedi: “Shu sababli Prezidentlik idorasi afv talabini ko‘rib chiqishdan oldin tomonlar sud zalidan tashqarida kelishuvga erishish uchun barcha sa’y -harakatlar to‘liq amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi”.

Gertsog ofisi bu bayonotni The New York Times gazetasi yakshanba kuni prezidentning mudofaa kelishuvi bo‘yicha vositachilikni boshlashni rejalashtirayotgani va afv qarorini hozircha kechiktirgani haqidagi xabaridan so‘ng e’lon qildi.

Gertsogning vakili - mudofaa kelishuvi tashabbusi davom etib - atmayotgani - haqidagi savolga bayonotdan tashqari izoh bermadi.

Netanyaxuning idorasi esa izoh so‘roviga javob bermadi.

Netanyaxu afv talabini noyabr oyida bergan edi.

Isroil qonunchiligiga ko‘ra prezident sudlangan shaxslarni afv etish vakolatiga ega ammo sud jarayoni davom etayotgan bir paytda afv berish imkoni yo‘q.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp mart oyida, Eron urushi vaqtida ish to‘xtatilgan davrni ham o‘z ichiga olgan holda Gertsogni Netanyaxuga afv berishga bir necha bor chaqirgan.

Tramp Gertsogni “zaif va ojiz” deb atab, Netanyaxuni afv etish va’da qilinganiga qaramay, yolg‘on gapirganlikda aybladi.

Tramp, shuningdek, “U menga ko‘p marta, bir necha bor uni afv etishini aytgan edi va menga yolg‘on gapirdi” - deb, Gertsogni “lider emas” deb ta’kidladi.

Netanyaxuning 2020 - yilda boshlangan ish bo‘yicha qayta sud jarayoni sabab bu hafta sudga qaytishi kutilmoqda. Netanyaxu Isroilda lavozimdagi paytida unga nisbatan ayblov qo‘yilgan birinchi bosh vazirdir.