Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR)ni, tashkil topishining 43 - yilligi bilan tabriklab, ushbu respublika, turkiy xalqlarning ajralmas qismi bo‘lgan kiprlik turklarning o‘z mustaqilligi va ozodligidan hech qachon voz kechmaganliklari hamda bundan keyin ham voz kechmasliklarining isboti ekanini bildirdi.
Vazirlik NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topishining 43 - yilligi munosabati bilan tabrik xabarini e’lon qildi.
Unda quyidagi so‘zlar qayd etildi: «Kipr turk xalqining mustaqilligi va o‘rni uchun kurash tarixining eng muhim ramzi bo‘lgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topishining 43 - yilligi muborak bo‘lsin! Shimoliy Kipr Turk Respublikasi buyuk turk xalqining ajralmas qismi bo‘lgan kiprlik turklarning o‘z mustaqilligi va ozodligidan hech qachon voz kechmaganliklari va bundan keyin ham voz kechmasliklarining isbotidir».
Ona vatan va kafil davlat Turkiyaning kuchli ko‘magi bilan Kipr turk xalqi o‘zining muqaddas bayrog‘i ostida, o‘z vatanida hamisha erkinlik va xavfsizlikda yashashda davom etishi ta’kidlangan xabarda, shuningdek, quyidagilar qayd etildi:
«Ushbu sharafli kunda marhum doktor Fazil Kuchuk va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining asoschisi, marhum Prezident Rauf Raif Denktashni minnatdorchilik va hurmat bilan yodga olamiz. Ushbu kurash yo‘lida shahid bo‘lgan askarlarimiz va mujohidlarimizni rahmat bilan, faxriylarimizni esa chuqur minnatdorchilik bilan xotirlaymiz».























