Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) tashkil topishining 43 - yilligi munosabati bilan: «Kipr bizning milliy masalamizdir. Har qanday vaziyatda ham Kiprni hech qachon yolg‘iz qoldirmaymiz», — deya ta’kidladi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topishining 43 - yilligi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tabrik so‘zi qoldirdi.
Prezident Erdo‘g‘an unda:
«Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topishining 43 - yilligini chin qalbimdan tabriklayman. Qahramon shahidlarimizni rahmat bilan, faxriylarimizni esa minnatdorchilik bilan yodga olaman.
Har tomonlama birdamligimizni yanada mustahkamlashda davom etadigan kiprlik turk birodarlarimga salom va samimiy tilaklarimni yo‘llayman.
Kipr bizning milliy masalamizdir. Har qanday vaziyatda ham Kiprni hech qachon yolg‘iz qoldirmaymiz» , - degan ifodalarga o‘rin berdi.























