SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp Putin va Si Szinpin bilan uchrashishni kutmoqda
Donald Tramp, Osiyo - Tinch okeani sammiti doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashishni kutayotganini ma’lum qildi.
Tramp Putin va Si Szinpin bilan uchrashishni kutmoqda
_

AQSh Prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo - Tinch okeani sammiti doirasida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashishni kutayotganini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Tramp: «Xitoyga ketyapman. Uchrashuvlardan biri Davlat rahbari Putin va Prezident Si bilan bo‘ladi degan fikraman. Bu qiziqarli bo‘ladi», - dedi. Shuningdek, muzokaralarda yadroviy qurolsizlanish va Erondagi urushni tugatish borasidagi sa’y - harakatlarni o‘z ichiga olgan turli masalalar muhokama qilinishi mumkinligini bildirdi.

«Yadroviy qurolsizlanish kabi ko‘plab masalalarni muhokama qilamiz. Erondagi urushni tugatishga harakat qilyapmiz», - dedi Tramp.

Osiyo - Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitini 18 – 19 - noyabr kunlari Shenchjen shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kreml 21 - oktabr kuni uch davlat rahbari ishtirokidagi, o‘ziga xos ilk uch tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Bu bayonot The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan xabardan so‘ng qayd etildi. Unda Putin mazkur uchrashuvdan 2022 - yili Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan Rossiya foydasiga tinchlik bitimi tuzilishiga o‘rtamchilik qilish uchun foydalanmoqchi ekani aytilgan.

Trampning Putin bilan uchrashishga intilishi AQSh ichkarisida uning Rossiya va Xitoy kabi davlatlar rahbarlari bilan munosabatlari tanqid qilinayotgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.

Trampning Rossiya Davlat rahbari bilan uchrashishga urinishi, shuningdek, Moskvaning Ukrainadagi urush ortidan yuzaga kelgan xalqaro yakkalanish holatidan chiqishga qaratilgan siyosatiga ham e’tibor qaratdi.