SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Rossiya, Xitoy va AQSh muzokara masalasini muhokama qilinmoqda
Rossiya, Xitoy va AQSh prezidentlarining uch tomonlama muzokara o‘tkazish masalasini muhokama qilinmoqda.
Rossiya, Xitoy va AQSh muzokara masalasini muhokama qilinmoqda
_

Kreml Rossiya, Xitoy va AQSh davlat rahbarlari ishtirokida joriy oyning ikkinchi yarmida uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan Moskva, Vashington va Pekin o‘rtasida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Mavzu haqida seshanba kuni e’lon qilingan xabarga ko‘ra Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov Financial Times gazetasiga intervyu bergan va mavzu haqida: «Bunday uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda» - degan ifodalarni qayd etgan.

Vashington, Pekin va Moskvadagi vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib berilgan xabarda rasmiylar 18 – 19 - noyabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo - Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazish yuzasidan jiddiy muzokaralar olib borayotgani qayd etilgan.

Xabarda Xitoy Tashqi Ishlar vazirligining Xitoy Davlat rahbari Si Szinpin va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv tashkil etish masalasida tegishli tomonlar bilan aloqada ekani aytilar ekan; AQSh Prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etish ehtimoli bo‘lgan uch tomonlama uchrashuv haqida esa ma’lumot berilmagan.

Xabarda uch tomon ushbu uchrashuvni birgalikda muhokama qilayotgani yoki Pekin Vashington va Moskva bilan alohida-alohida ikki tomonlama muzokaralar olib borayotgani hozircha noma’lumligi qayd etilgan.

Manbalarning qayd etishicha Xitoy uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik borasida hali hanuz bir qarorga kelmagan.

Xabarda muzokaralardan xabardor manbaning quyidagi so‘zlari keltirilgan: «Vashington bilan Moskva Xitoyni bunday uchrashuvga rozi bo‘lishga undamoqda. Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi esa o‘tgan oy mavzu haqida bergan bayonotida, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sammit haqida javob berishga yetarli ma’lumoti yo‘qligini ifoda etgandi».

Kreml maslahatchisi Yuriy Ushakov o‘tgan oy Putin, Tramp va Si Szinpin o‘rtasida APEC sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini tomonlarning hech biri inkor yoki rad etmayotganini ifoda etgan edi.

Ushakov 21 - oktabr kuni Sankt - Peterburgda Putin va AQShning maxsus vakili Stiv Vitkoff o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bergan bayonotida, «butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otgan» ehtimoliy uchrashuv masalasi muzokaralar davomida muhokama qilinganini bildirdi.

Ayni paytda Peskov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Putinning APEC sammitidagi ishtirokiga oid dastur hozircha tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, sammit doirasida ehtimoliy uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishiga doir hozircha aniq ma’lumot yo‘qligini o‘z so‘ziga ilova qildi.