SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
AQShdagi saylovda demokratlar 54 ta o‘ringa ega bo‘ldi
Norasmiy natijalarga ko‘ra AQShdagi saylovda demokratlar 54 ta o‘ringa ega bo‘lgani qayd etilmoqda.
AQShdagi saylovda demokratlar 54 ta o‘ringa ega bo‘ldi
_

cAQShda 2026 - yilgi Kongress oraliq saylovlarida demokratlar Senatdagi saylovga qo‘yilgan o‘rinlarning 20 tasini, respublikachilar esa 12 tasini qo‘lga kiritdi.

Associated Press (AP) agentligi e’lon qilgan norasmiy natijalarga ko‘ra ovoz berish jarayoni yakunlangan shtatlarda Senat saylovlarida g‘oliblar ma’lum bo‘ldi.

Senatdagi saylovga qo‘yilgan o‘rinlarning 20 tasini demokratlar, 12 tasini esa respublikachilar qo‘lga kiritishi natijasida demokratlar 54 ta, respublikachilar esa 43 ta o‘ringa ega bo‘ldi.

Respublikachilardan 7 ta o‘rinni tortib olgan demokratlar bundan buyon Senatda ko‘pchilikni tashkil etadi.

Vakillar palatasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda esa demokratlar 225 ta, respublikachilar 136 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, demokratlar Vakillar palatasidagi ko‘pchilikni ham respublikachilardan tortib oldi.

Respublikachilar qo‘l ostidagi 25 ta o‘rin demokratlarga o‘tdi.

AQShda oraliq saylovlar

AQSh fuqarolari o‘zlari istiqomat qilayotgan shtatlardagi gubernatorlik va boshqa mahalliy lavozimlar bilan bir qatorda, Kongress Vakillar palatasidagi jami 435 ta o‘rin hamda Senatdagi 100 ta o‘rindan 35 tasi uchun ovoz berdi.

AQSh saylov tizimiga ko‘ra 435 o‘rinli Vakillar palatasining barcha a’zolari har ikki yilda bir marta — biri AQSh prezidenti saylanadigan umumiy saylovlarda, ikkinchisi esa oraliq saylovlarda qayta saylanadi.

Kongressning 100 a’zodan iborat Senat palatasida esa olti yil muddatga saylanadigan senatorlarning uchdan bir qismi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovlar orqali yangilanadi.