SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Peskov: Rossiya uzoq muddatli tinchlik istaydi
Dmitriy Peskov, Moskvada jurnalistlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan bayonot berdi.
Peskov: Rossiya uzoq muddatli tinchlik istaydi
_

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov Rossiya poytaxti Moskvada jurnalistlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan bayonot berdi.

Unda Ukraina inqirozini hal etish jarayoniga to‘xtalar ekan, Peskov mavzu haqida shunday dedi:

«Biz Ukrainada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni emas, balki yillar, hatto asrlar davom etadigan tinchlikni istaymiz. Shu sababli maxsus harbiy amaliyot davom etmoqda. Muzokara jarayoni esa bizni ana shu tinchlikka olib borishi kerak bo‘lgan jarayondir. Kiyev ma’muriyatiga yetkazilgan og‘ir zaralardan keyin o‘zini tiklab olishi uchun nafas rostlash imkoniyati berilishiga qarshimiz».

Peskov tinchlikka erishish jarayoni murakkab va uzoq davom etishi mumkinligini ta’kidlab, shunday dedi:

«Bu jarayon juda ko‘p tafsilotlardan iborat va ularning har biri muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi ishlar davom etmoqda».

«Yevropaliklar nimani istayotganini tushunishimiz kerak».

Yevropa ittifoqi (YI) Komissiyasi raisi Ursula fon der Leyenning «Yevropa Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Yevropa beshligi davlatlari formati doirasida ishtirok etadi» - degan bayonotiga munosabat bildirgan Peskov muzokaralar Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida uch tomonlama formatda olib borilayotganini ta’kidladi.

Peskov mavzu haqida: «Yevropaliklarning ham muzokara jarayoniga qo‘shilishi ehtimoli kun tartibiga kiritilgan edi ammo avvalo yevropaliklar nimani istayotganini tushunishimiz kerak. Ularning pozitsiyasi tinchlik jarayoniga qay darajada hissa qo‘sha olishini ko‘rmoqchimiz», - dedi.

Yevropa davlatlaridan bildirilayotgan bayonotlar bu mamlakatlarning tinchlik jarayoniga hissa qo‘shishga tayyor emasligini ko‘rsatayotganini ifoda etgan Peskov, so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi:

«Shunga qaramay, kutamiz va ko‘ramiz. Ukrainaliklarning pozitsiyasini aniqlashtirish orqali ayni bosqichda ularning muzokara jarayonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi haqida xulosaga kelish mumkin».

«Estoniya devor qurmoqda».

Peskov Estoniyaning Rossiya razvedkasi ko‘rsatmasi bilan mudofaa sanoati korxonalaridan biriga nisbatan qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirishga urinish bo‘lganini asos qilib ko‘rsatib, 1-dekabrdan boshlab Rossiya bilan barcha chegara o‘tkazish punktlarini yopish haqidagi qarorini ham izohladi.

Ushbu ayblov asossiz va qabul qilib bo‘lmaydigan ekanini ta’kidlagan Peskov mavzu haqida shunday dedi:

«Estoniya devor qurmoqda. Tarixda ko‘plab davlatlar devorlar qurgan biroq bu devor qurayotganlarga hech qanday foyda keltirmagan».

Peskov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning «AQSh Ukrainaga Donbasdan voz kechish evaziga NATOga a’zo bo‘lishni taklif qilgani» haqidagi bayonotiga ham munosabat bildirdi. U Amerika tomoni bilan olib borilayotgan muzokaralarning tafsilotlari maxfiy saqlanishi tarafdori ekanini qayd etdi.