DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQShda o‘n mingdan ortiq reysda uzilishlar kuzatildi
Isroil OAV: Netanyaxu “saylovlar soxtalashtirildi” kampaniyasida razvedka va politsiya kuchlaridan foydalangan.
AQShda o‘n mingdan ortiq reysda uzilishlar kuzatildi
United States of America aircraft / Anadolu Agency (Wire)

Isroil matbuoti mamlakatda 27-oktabr kuni o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng muvaqqat bosh vazir Binyamin Netanyaxuning «saylovlar o‘g‘irlandi» degan da’vosini isbotlash maqsadida ichki razvedka xizmati Shin-Bet (Shabak) va politsiyadan foydalanib, fitna uyushtirgani haqidagi iddaolar tekshirilayotganini xabar qildi. Netanyaxu bunga Isroil fuqarosi bo‘lgan falastinliklarni ifodalovchi partiyalarning yuqori ovoz olganini asos qilib ko‘rsatgan.

Politsiya tizimiga kiritilgan soxta razvedka ma’lumotlari asosida uyushtirilgan fitna natijasida saylov kuni kamida 14 nafar politsiyachi ishtirokida Raam partiyasining uch nafar faoli uyiga tintuv va hibsga olish qarorisiz bostirib kirilgan.

Bu voqealar davomida Netanyaxu kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mazkur da’voni tarqatishga urinib, o‘z idorasi tomonidan uyushtirilgan voqeadan siyosiy foyda olishga harakat qilgan. Netanyaxuga yaqin Kanal14 telekanali ham kun davomida ayni da’voni efirga uzatgan.

Isroil politsiyasining mamlakat janubida Raam faollariga qarshi amalga oshirilgan va natijasiz yakunlangan ushbu hibsga olishlarni rejalashtirish, o‘tkazish hamda tegishli ma’lumotlarni tarqatishda ishtirok etgani bildirildi. Isroil bosh prokurori Gali Baharav Miara va politsiya faoliyatini tergov qiluvchi bo‘linma ishga kirishib, fitna haqidagi iddaolarni tekshirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Netanyaxu lavozimga tayinlagan Shabak direktori David Zini arab deputatlarining telefon suhbatlarini tinglashni talab qilgani, biroq Bosh prokuratura bu talabni yetarlicha asoslanmagan razvedka ma’lumotlariga tayangani sababli rad etgani bildirildi.

Zini «arablar saylovlarni o‘g‘irladi» degan da’voni qat’iy himoya qilgani, ammo Bosh prokuraturaga uni tasdiqlaydigan dalil taqdim eta olmagani ma’lum qilindi.

Bosh vazir idorasi politsiyaga xabarni o‘z xodimi yetkazganini tan oldi

Shabak ushbu xabar yuzasidan Kanal12 telekanaliga bergan bayonotida tergov Markaziy saylov qo‘mitasi raisi Noam Solbergning ko‘rsatmalariga muvofiq, qonunda belgilangan doirada olib borilganini ta’kidladi.

Isroil Bosh vaziri idorasi esa bosh kotib Norden jinoyatga oid olgan ma’lumotini politsiyaga yetkazganini bildirib, uning xabar berganini tan oldi.

Mojaro tafsilotlaridan xabardor yuqori martabali politsiya vakili Shabak va Isroil politsiyasining ushbu voqeadagi ishtiroki haqida shunday dedi:

«Bu voqealar menga Isroilda endi adolatli saylov bo‘lmasligini ko‘rsatdi».

Isroilda 27-oktabr kuni o‘tkazilgan saylovlarda muvaqqat hukumat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi blok parlamentdagi 120 o‘rindan 53 tasini, yahudiy muxolifat partiyalari esa 48 tasini qo‘lga kiritgan edi.

Isroil fuqarosi bo‘lgan falastinliklarni ifodalovchi partiyalar 19 deputatlik o‘rnini egallab, tarixiy darajadagi vakillikka erishgan edi. Netanyaxu va uning o‘ta o‘ngchi ittifoqchilari falastinliklarni saylovda firibgarlik qilganlikda ayblagan edi.