Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir Oy loyihasi taqvimi aniqlanganini ma'lum qilib: "O'zimizning gibrid raketa dvigateliga ega kosmik kemamizni 2027-yil boshida kosmosga jo'natamiz", dedi.
Vazir Kajir Afyonkarahisardagi Emre ko'lida o'tkazilgan 28-TUBİTAK osmonni kuzatish tadbirida matbuot vakillarining savollariga javob berdi.
Kajir Turkiyaning Milliy texnologiya harakati tashabbusida kosmos muhim o'rin egallashini ta'kidlab, kosmik texnologiyalar mudofaa sanoati kabi sohalar uchun eng strategik infratuzilmalardan biri ekanini aytdi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an boshchiligida muhim ishlar amalga oshirilganini qayd etgan vazir, sun'iy yo'ldosh texnologiyalari sohasida BİLSAT, RASAT, GOKTURK-2, Turksat 6A va IMECE orqali katta salohiyat shakllantirilganini ta'kidladi.
Kosmosga mustaqil chiqish Turkiya uchun strategik maqsad ekanini ta’kidlagan Kajir, mamlakat raketa tizimlari texnologiyalarida muhim qobiliyatlarga egaligini bildirdi.
ROKETSAN, TUBITAK SAGE va DeltaV bu yo'nalishda salmoqli ishlar olib borayotganini qayd etgan Kajir shunday qo’shimcha qildi:
"Bu sa'y-harakatlar o'z sun'iy yo'ldoshlarimizni o'z imkoniyatlarimiz bilan kosmosga chiqaradigan raketalarni ishlab chiqarish darajasiga sekin-asta yaqinlashmoqda. Shuningdek, kosmosga mustaqil yo'l ochish uchun kosmodrom infratuzilmasiga ega bo'lishni ham ustuvor vazifa deb bilamiz”.




















