DUNYO
1 daqiqa o'qish
Afg‘oniston va Pokistonda kuchli yer silkinishi qayd etildi
Afg‘onistonning Hindukush hududida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi nafaqat poytaxt Kobulda, balki qo‘shni Pokiston va Hindiston nazoratidagi Kashmirda ham sezilgani aytilmoqda.
Afg‘oniston va Pokistonda kuchli yer silkinishi qayd etildi
_

Yevropa - O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi Afg‘onistonning Hindukush hududida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi nafaqat poytaxt Kobulda, balki qo‘shni Pokiston va Hindiston nazoratidagi Kashmirda ham sezilganini ma'lum qildi.

Pokistonning shimolidagi Xaybar Paxtunxva viloyatining Svat tumanida yashovchilar shanba kuni sodir bo‘lgan yer silkinishidan so‘ng insonlar vahima ichida uylaridan tashqariga chiqqanini aytishdi.

Pokiston Meteorologiya boshqarmasi voqea markazi Afg‘onistonning Hindukush hududida joylashganini bildirdi.

Yer silkinishi Pokiston poytaxti Islomobod, mamlakat sharqidagi Panjob viloyati, Afg‘oniston bilan chegaradosh Xaybar Paxtunxva viloyati ham - da Pokiston nazoratidagi Kashmirda ham sezildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra ushbu voqea oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q.

Svatda yashovchi bir fuqaro: «Bu yerda silkinish juda kuchli bo‘ldi va ancha uzoq davom etdi. Odamlar uylaridan tashqariga chiqishdi. Ayollar va bolalarning vahima ichida yig‘layotganini ko‘rdik» - dedi.

Yevropa - O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi yer silkinishi magnitudasini 6, chuqurligini esa 100 kilometr deb baholadi. AQSh Geologik tadqiqotlar xizmati esa voqea magnitudasini 6,1 deb qayd etdi.

Yevropa - O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotiga ko‘ra shanba kuni avvalroq Pokistonda 5,4 magnitudali yana bir yer silkinishi ham sodir bo‘lgan.