SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tramp bilan Makron Ukraina va Rossiya masalasida suhbatlashdi
Donald Tramp bilan Emmanuel Makron Nyu - York shahrida uchrashuv o‘tkazdi.
Tramp bilan Makron Ukraina va Rossiya masalasida suhbatlashdi
_

AQSh Prezidenti Donald Tramp Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun bo‘lib turgan Nyu - Yorkda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga qisqacha bayonot bergan Makron, Tramp bilan «juda samarali» uchrashuv o‘tkazganliklarini bildirdi.

Makron Tramp bilan, ayniqsa, Rossiya – Ukraina urushi va Eron bilan bog‘liq to‘qnashuvlar masalasida ijobiy suhbat o‘tkazganliklarini qayd etib: «Biz muhokama qilgan boshqa masala Qizil dengizdagi vaziyat bo‘ldi. Bu global narxlar nuqtayi nazaridan muhim. Shundan so‘ng Ukraina va Rossiya haqida uzoq suhbatlashdik» — dedi.