SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tramp: Eron bilan urushning yakuniga yaqinlashdik
Donald Tramp tadbirda ishtirok etish uchun Shimoliy Karolina shtatiga borganida, samolyotdan tushishi paytida jurnalistlarga bayonot berdi.
Tramp: Eron bilan urushning yakuniga yaqinlashdik
_

AQSh Prezidenti Donald Tramp kelishuv tuzish maqsadida Tehron AQSh bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqa qilganini ma’lum qilib, «Umid qilamanki, Eron bilan urushning yakuniga yaqinlashdik», - dedi.

Donald Tramp tadbirda ishtirok etish uchun Shimoliy Karolina shtatiga borganida, samolyotdan tushishi paytida jurnalistlarga bayonot berdi.

Eron hukumati AQSh bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqa o‘rnatganini ta’kidlagan Tramp, Tehron kelishuv tuzishni istayotganini ifoda etdi.

AQSh urushning qaysi bosqichida ekani haqidagi savolga Tramp: «Umid qilamanki, Eron bilan urushning yakuniga yaqinlashdik», - deb javob berdi.

Tramp shuningdek: «Eron kelishuv tuzishni juda istayapti, bu jarayon qanday yakun topishini ko‘ramiz» - degan ifodalarga o’rin berdi.

Eron bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yoki o‘rtamchilar orqali aloqa o‘rnatilgani haqidagi savolga esa Tramp: «to‘g‘ridan - to‘g‘ri xabar olyapman», - deb javob berdi.