DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil Livanda yana hujum uyushtirdi
Isroil Livanda yana hujum uyushtirdi va oqibati 2 kishi umriga zomin bo‘ldi.
Isroil Livanda yana hujum uyushtirdi
_

Livanning milliy axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra vaqtinchalik sulhga qaramay juma kuni Livanning janubiga qarshi uyushtirilgan yangi Isroil havo hujumida ikki kishi halok bo‘ldi, 10 kishi yaralandi.

Agentlik Sog‘liqni Saqlash vazirligiga tayanib xabar berishicha, hujum, Nabatiya al - Favqa shaharchasini nishonga olgan va oqibatida qurbonlar hamda tan jarohati olganlar qayd etilgan.

Payshanba kuni Isroil Livan janubidagi bir nechta hududga qarshi uyushtirgan havo hujumlarida, bir oiladan to‘rt kishi hamda kamida 29 kishi halok bo‘lgan. Ulardan tashqari 42 kishi jarohat olgan edi.

Isroil, 2 - martdan beri Livanda hujumlarni davom ettirmoqda. Ushbu hujumlarda taxminan 2 ming 600 kishi halok bo‘lgan, 1 milliondan ortiq inson o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Joriy yilning 17 - apreli kuni boshlangan 10 kunlik sulh keyinchalik 17 - maygacha uzaytirilgan ammo Isroil Livan janubida havo hujumlari va uylarni vayron qilish orqali sulhni har kuni buzishda davom etmoqda.