DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina Qrim ko‘prigiga yana hujum qildi
Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilib olingan Qrimning ma’muriy rahbari ekani aytilgan Sergey Aksyonov, Ukraina armiyasi Qrim ko‘prigiga yana hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
Ukraina Qrim ko‘prigiga yana hujum qildi
_

Aksyonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mavzu yuzasidan bayonot berib, Ukraina armiyasi Qrim ko‘prigiga yana hujum uyushtirganini ma’lum qildi. U: «Ko‘prikdagi transport harakati to‘xtatildi», — deya ta’kidladi.

Sergey Aksyonov Qrim aholisini ko‘prik orqali harakatlanishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan berilgan bayonotda, hodisa yuzasidan «terrorchilik hujumi» moddasi bo‘yicha tergov boshlanganligi bildirildi.

Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Husnullin Qrim ko‘prigiga qarshi uyushtirilgan hujumlardan so‘ng hukumat komissiyasi bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Qrim ko‘prigida yetkazilgan ziyonni bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov ham Moskva shahrida jurnalistlarga bergan bayonotida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Husnullin Davlat rahbari Vladimir Putinga ko‘prikdagi vaziyat haqida ma’lumot berganini bildirdi.

Kecha Ukraina Qrim ko‘prigiga hujum uyushtirgani va ko‘prik ziyon ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.

Rossiya 2014 - yili noqonuniy ravishda anneksiya qilib olingan Qrim yarimoroliga Rossiya hududini bog‘lab turuvchi, «Kerch ko‘prigi» nomi bilan ham tanilgan mazkur inshoot strategik ahamiyatga egadir.