TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Turk dunyosi taomlari Anqarada namoyish etiladi
Turkiya bilan bir qatorda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tatariston, Qrim - tatar va uyg‘ur oshxonalarining an’anaviy taomlari Turk dunyosi gastronomiya sammitida uch kun davomida mehmonlarga taqdim etiladi.
Turk dunyosi taomlari Anqarada namoyish etiladi
_

Anqara shahri «2026 - yilgi Turk dunyosi turizm poytaxti» deb e’lon qilingani munosabati bilan o‘tkaziladigan Turk dunyosi gastronomiya sammitida Turkiya bilan bir qatorda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tatariston, Qrim - tatar va uyg‘ur oshxonalarining an’anaviy taomlari mehmonlarga taqdim etiladi.

Xalqaro Turizm va sayohat ko‘rgazmasi (TravelExpo Ankara) doirasida ertaga ATO Congresium majmuasida Turk dunyosi gastronomiya sammiti ham bo‘lib o‘tadi.

Ertaga boshlanib (19.11.2026), 21 - noyabr kuni yakunlanadigan tadbirlar davomida Turkiya bilan bir qatorda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tatariston, Qrim - tatar va uyg‘ur oshxonalarining an’anaviy taomlari namoyish etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi Turk dunyosining an’anaviy taomlari retseptlarini saqlab qolish, ularni kelajak avlodlarga yetkazish hamda mamlakatlar o‘rtasida gastronomik turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Dasturining birinchi kuni «Umumiy meros, umumiy dasturxon» mavzusida o‘tkaziladi. Sammit doirasida ertaga Turkiyaning yasmiq sho‘rvasi, O‘zbekistonning o‘zbek palovi, Qrim - tatar oshxonasining chibureki, Ozarbayjonning shakarbura shirinligi va rayhon sharbatidan mehmonlarga tortiq qilinadi. Oshpazlar namoyishida esa Ozarbayjonning g‘urza taomi va Tataristonning chak - chak shirinligi tayyorlanadi.

Sammitning ikkinchi kuni «Ipak yo‘li lazzatlari» mavzusiga bag‘ishlanadi. Unda O‘zbekistonning moshxo‘rda sho‘rvasi va somsasi, Turkmanistonning turkman palovi, Tataristonning chak - chak shirinligi hamda Turkiyaning ayroni taqdim etiladi. Qozog‘istonning beshbarmoq va Qirg‘izistonning orama taomlari ham amaliy namoyishlar orqali tanishtiriladi.

So‘nggi kun «An’anadan kelajakka: Turk dunyosi oshxonasi» mavzusida o‘tkaziladi. Mehmonlarga Turkmanistonning un osh sho‘rvasi, Ozarbayjonning shoh palovi va ko‘k qutabisi (qozon somsa), Turkiyaning un holvasi hamda tamarind sharbatidan tortiq qilinadi. Oshpazlar namoyishida uyg‘ur lag‘moni va Tataristonning echpochmak taomi tayyorlanadi.

Shu munosabat bilan Turkiyada osonlikcha topilmaydigan va taomlarning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan ayrim maxsus masalliqlar bevosita tegishli mamlakatlardan olib kelingan.

Sammit doirasida, shuningdek, 6 ta oshpazlik mahorat darsi, 6 ta ishtirokchilar mahorat mashg‘uloti, 9 ta suhbat va 9 ta tanlov tashkil etiladi.