DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQShning Sharqiy Tinch okeanidagi zarbasi ikki kishi umriga bo‘ldi
AQSh, Sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangani iddao qilingan kemaga zarba berdi va oqibati ikki kishi umriga bo‘ldi.
AQShning Sharqiy Tinch okeanidagi zarbasi ikki kishi umriga bo‘ldi
_

Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylari Sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangani iddao qilingan kemaga zarba berdi; ikki kishi halok bo‘ldi.

AQSh Janubiy qo‘mondonligi mavzu haqida chorshanba kuni (27.05.2026) bergan bayonotida, «Razvedka, kemaning Sharqiy Tinch okeani bo‘ylab ma’lum narkotrafik yo‘llari orqali harakatlanayotgani va narkotrafik amaliyotlarida ishtirok etayotganini tasdiqladi» - dedi.

Bayonotda shuningdek: «Ushbu chora - tadbir davomida ikki nafar narkoterrorist o‘ldirildi. Hech qanday AQSh harbiylari shikastlanmadi» - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ushbu voqea mintaqada giyohvand moddalar tashigani iddao qilingan qayiqlarni nishonga olgan va o‘tgan 2025 - yilning sentabr oyidan beri kamida 194 kishi o‘limiga yo‘l ochgan keng ko‘lamli harbiy kampaniyaning bir qismidir.

AQSh harbiylari sentabr oyi boshida «Southern Spear» amaliyotini boshlatar ekan; Prezident Donald Tramp, AQSh amalda Lotin Amerikada faoliyat yuritayotgan giyohvand moddalar kartellari bilan urush holatida ekanini ta'kidlagan.