DUNYO
1 daqiqa o'qish
Janubiy Afrikadagi YTH - da 21 kishi halok bo'ldi
Janubiy Afrikada qayd etilgan yo‘l transport hodisasida (YTH) 21 kishi halok bo‘lar ekan, 3 kishi tan jarohati oldi.
Janubiy Afrikadagi YTH - da 21 kishi halok bo'ldi
_

Janubiy Afrika Respublikasining G‘arbiy Keyp provinsiyasida 3 ta transport vositasi ishtirokidagi zanjirli yo‘l - transport hodisasida 21 kishi halok bo‘ldi.

G‘arbiy Keyp transport departamenti Matbuot xizmati kotibi Muneera Allie, N1 avtomobil yo‘lida ikki yo‘lovchi mikroavtobusi va bir yengil avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgani va 3 kishi og‘ir jarohat olganini ma’lum qildi.

Allie, voqea ortidan har ikki yo‘nalishda ham harakat uchun yopilgan avtomobil yo‘lida tezkor yordam va yo‘l harakati xizmatlari xodimlari ish olib borayotganini bildirdi.