SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Eron AQSh bilan Isroilni uran zaxirasini boyitish masalasi ustidan ogohlantirdi
Eron hududiga qarshi AQSh va Isroil tomonidan yana hujum uyushtirilgudek bo‘lsa, unda, voqeaga javob tariqasida uran zaxirasini 90 foizgacha boyitishlari mumkinligini bildirdi.
Eron AQSh bilan Isroilni uran zaxirasini boyitish masalasi ustidan ogohlantirdi
_

Eron seshanba kuni bergan bayonotida; agar uning hududiga qarshi AQSh va Isroil tomonidan yana hujum uyushtirilgudek bo‘lsa, unda, voqeaga javob tariqasida uran zaxirasini 90 foizgacha boyitishlari mumkinligini bildirdi.

Mazkur 90 foizlik boyitish darajasi, qurol darajasidagi uran zaxirasi hisoblanadi.

Eron parlamentining Tashqi Siyosat va milliy xavfsizlik komissiyasi Matbuot xizmati kotibi Ebrahim Razoiy mavzu haqida X platformasi orqali bergan bayonotida: «Bu holatni parlamentda ko‘rib chiqamiz», - dedi.

Razoiyning bayonoti 28 - fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari ortidan mintaqadagi keskinlik kuchaygan bir paytda qayd etildi. Mazkur hujumlar Tehron tomonidan Isroil hamda Fors ko‘rfazida Amerika harbiy obyektlarini joylashtirgan AQSh ittifoqchilariga qarshi javob tariqasida hujumlar uyushtirilishi va Ho‘rmuzning yopilishiga olib kelgan edi.

Pokistan o‘rtamchiligida 8 - aprel kuni otashkesim yoki sulh kuchga kirdi, biroq Islomoboddagi muzokaralar doimiy kelishuv bilan yakunlanmadi. Keyinchalik sulh AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan muddatsiz uzaytirildi.

Yakshanba kuni esa (10.05.2026) Eron urushni tugatishni ko‘zlagan AQSh taklifiga bo‘lgan javobini Pokiston orqali yetkazdi ammo Tramp uni «aslo qabul qilib bo‘lmaydigan» taklif sifatida baholadi.