FIFA ma’lumotiga ko‘ra AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnirda maydonga tushadigan 48 ta jamoaning 1248 nafar futbolchisi ma’lum bo‘ldi.
Mavzu haqidagi bayonotda: “Bu turnir jahon futboli uchun muhim tarixiy bosqich bo‘lib, har qachongidan ham ko‘proq mamlakatlar, futbolchilar va muxlislar uchun imkoniyatlar yaratmoqda” - degan ifodalarga o‘rin berildi.
357 futbolchi turnirga qaytmoqda
Kamida bir marta Jahon chempionati tarkibidan joy olgan 357 nafar futbolchi bu safar ham musobaqaga chaqirilar ekan, 891 nafar futbolchi mazkur turnirda ilk bor ishtirok etadi.
Musobaqadagi eng yoshi katta futbolchi — shotlandiyalik Kreyg Gordon (43 yosh 162 kun), eng yosh futbolchi esa meksikalik Gilberto Mora (17 yosh 240 kun) bo‘lib, ular o‘rtasida 25 yosh farq bor.
Turnirga 20 yoshdan kichik 22 nafar futbolchi va 40 yosh hamda undan katta 7 nafar futbolchi jalb etilgan.
Avval Jahon chempioni bo‘lgan 22 nafar futbolchi ham musobaqada yana ishtirok etadi.
Kabo - Verde, Kyurasao, Iordaniya va O‘zbekiston ilk bor qatnashadi
Kabo - Verde, Kyurasao, Iordaniya va O‘zbekiston FIFA Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi.
Gana terma jamoasi Bosh murabbiyi, portugaliyalik Karlos Keyrush avval Portugaliya (2010) va Eron (2014, 2018, 2022) terma jamoalarini Jahon chempionatiga olib chiqqan edi. U Bora Milutinovichdan (1986–2002) keyin ketma - ket beshta Jahon chempionatida ishlaydigan ikkinchi murabbiy bo‘ladi.
Messi, Ro‘naldo va O‘choa oltinchi Jahon chempionatida qatnashadi
Argentinalik Lionel Messi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilyermo O‘choa o‘z faoliyatidagi oltinchi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
FIFA Jahon chempionati reglamentiga ko‘ra jamoalar ilk uchrashuv boshlanishidan 24 soat oldin jiddiy jarohat yoki kasallik holati yuzaga kelgan taqdirda futbolchini boshqa o‘yinchi bilan almashtirish huquqiga ega.




















